Qozog‘istonda 100 ga yaqin avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi
Olam
−
03 yanvar
5453Qozog‘istonning Ostona-Petropavlovsk trassasida 95 ga yaqin avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “KazAvtoJol” milliy yo‘l operatori xabar berdi.
Bildirilishicha, bugun, 3 yanvar kuni soat 07:20 da ob-havo sharoitining yomonlashuvi munosabati bilan milliy avtomagistralning Ostona-Petropavlovsk qismida (18–232-km) barcha turdagi avtotransport vositalari harakati uchun cheklov joriy etilgan. Soat 12:30 da ob-havo yaxshilanib, yo‘l tozalanganidan so‘ng, ichki ishlar bo‘limi xodimlari va “KazAvtoJol” maxsus texnikasi hamrohligida Shuchinsk shahri tomon harakat tashkil etilgan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik va xavfsiz masofaga rioya qilmasliklari sababli, soat 13:28 da avtomagistralning 153-kilometrida Janatalap qishlog‘i yaqinida 95 ga yaqin avtomobil ishtirokida kuchli to‘qnashuv sodir bo‘lgan ”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, voqea joyida politsiya xodimlari va “KazAvtoJol” mutaxassislari ishlamoqda. Aqmo‘la politsiyasining ma’lum qilinishicha, yirik avtohalokat oqibatida 11 kishi turli tan jarohatlari bilan Bulandin tumani shifoxonasiga murojaat qilgan, ulardan to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Qarag‘andi shossesida ob-havoning yomonlashuvi tufayli 800 ga yaqin avtomobil to‘planib qolgan. Bildirilishicha, ob-havoning keskin yomonlashishi sababli ikkita asosiy yo‘nalish: Qarag‘anda – Ostona va Qarag‘anda – Pavlodar yo‘llari yopilgan.
“Respublika ahamiyatiga ega Olmaota-Yekaterinburg avtomagistralida har kuni 10 000 dan ortiq transport vositalari o‘tadi, jiddiy vaziyat yuzaga keldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, politsiya yo‘l harakati holatini normallashtirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Shuningdek, xabarda Oqmo‘la viloyati chegarasigacha kuzatib borish, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yo‘lga qo‘yilishi ham qo‘shimcha qilingan.
Shuningdek, Qarag‘andi viloyati ichki ishlar boshqarmasi viloyat aholisi va mehmonlarini zarurat bo‘lmasa, aholi punktlaridan tashqariga chiqmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatidagi avtomobil yo‘lida qor bo‘roni va ko‘rishning yomonlashuvi tufayli 40 ga yaqin avtomobil bir-biriga to‘qnashib ketgandi. Ushbu yo‘lda ham politsiya va favqulodda xizmatlar faoliyat olib borayotgani ma’lum qilingan.
LiveBarchasi