Qozog‘istonda “prava”siz avtomobil boshqarishga ruxsat berildi
Olam
−
01 fevral 2021
9822Qozog‘istonda haydovchilar avtotransport vositalarini haydovchilik guvohnomasi va transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasisiz boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha imzolagan qonunda so‘z boradi.
Qayd etilishicha, haydovchilar avtoulovda faqat shaxsiy guvohnoma bilan harakatlanishi mukin bo‘ladi. Politsiya xodimlari avtomobil egasi haqidagi barcha boshqa ma’lumotlarni planshet orqali ko‘radi. Buning uchun maxsus ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Hujjatga muvofiq, Qozog‘istonda 10 yoshdan oshgan avtobuslarni ro‘yxatdan o‘tkazish 2022 yil 1 yanvardan taqiqlanadi. Bu orqali yo‘llardagi xavfsizlikni oshirish maqsad qilingan.
LiveBarchasi