Qozog‘iston yana karantin cheklovlarini yumshatmoqchi
Olam
−
28 iyul 2020
9682Qozog‘istonda o‘rnatilgan qat’iy karantin sanitar-dezinfeksiya tartibi, niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash sharti bilan 3 avgustdan yumshatilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy xabar berdi.
Vazirlik qaysi cheklovlar bekor qilinishi va qaysilari saqlab qolishi yuzasidan ham ma’lumot berdi.
Xususan, 3 avgustdan savdo-ko‘ngilochar markazlari, savdo uylari, savdo tarmoqlari, usti yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari kun va vaqti chegaralangan holda, turli bolalar to‘garaklari, bog‘chalar, go‘zallik salonlari, 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollarda milliy terma jamoa mashg‘ulotlariga, 3 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda sayr qilishga, jamoat transportining ma’lum miqdordagi odamlar bilan harakatlanishiga ruxsat berildi.
Shuningdek, davlat idoralari va ofis ishchilarining 80 foizi masofaviy ish rejimida qoladigan bo‘ldi.
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish, ko‘ngilochar muassasalar faoliyati, kinoteatr, fudkortlar, restoan va barlar, muzey, ko‘rgazma va forum o‘tkazish, sport zallari, akvaparklar, diniy muassasalar faoliyatiga taqiq saqlanib qoladi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda epidemiya boshlangandan beri 84 648 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 585 nafari vafot etgan va 54 404 nafari sog‘aygan.
Qozog‘istonda bundan avval ham karantin cheklovlari yumshatilib, bog‘chalar, masjidlar ochilgandi. Ammo koronavirus tarqalishi avj olganidan keyin hukumat 5 iyulda qat’iy karantin rejimini qaytargandi.
LiveBarchasi