Qozog‘iston o‘zbekistonlik migrantlar huquqini himoya qilish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti yalpi majlisida deputatlar “Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida mehnat faoliyati va mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida” gi qonunni qabul qildi.

Qonun loyihasini parlamentga Qozog‘iston Respublikasi Myehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Birjan Nurimbetov taqdim etdi. U o‘z nutqida 2019 yil aprel oyida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning Toshkentga davlat tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama hukumat hujjatlari, shu jumladan yuqorida qayd etilgan kelishuv imzolanganini esladi.

Birjan Nurimbetov shartnomani ratifikatsiya qilish mamlakatlar o‘rtasida mehnat migratsiyasini tartibga solish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va ikki davlat mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish uchun huquqiy asos yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Kelishuvga muvofiq, mehnat muhojirlari dam olish, boshqalar uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir kasalliklar bo‘yicha kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish huquqlariga ega.

Shu bilan birga, bepul tibbiy xizmatning kafolatlangan ro‘yxatiga kiritilmagan tibbiy xizmatlar pullik yoki ixtiyoriy tibbiy sug‘urta doirasida taqdim etiladi.

Migrantlarning ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bundan tashqari, ish haqi past bo‘lmasligi va ish sharoitlari qabul qiluvchi davlatning fuqarolari kabi bo‘lishi kerak.

Shuningdek, mehnat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan ishchi vafot etgan yoki jarohat olgan taqdirda, ish beruvchi qabul qiluvchi davlat qonunlarida belgilangan to‘lovlar va kompensatsiyalarni amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

mehnat muhojirlari

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing