Primorskda o‘zbekistonlik quruvchilarga ehtiyoj kattaligi aytildi

Olam

image

Rossiyaning Primorsk o‘lkasida qurilish sohada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga nisbatan ehtiyoj mavjud va qiziqish yuqori. Bu haqda TASS viloyat qurilish vaziri Vitaliy Blotskiyga tayanib, xabar berdi. 

Uning qayd etishicha, Primorya qurilish industriyasining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji 2023-2025 yillardagi ish hajmini hisobga olgan holda 17 ming kishidan oshadi.

“Bugungi kunda viloyatda qurilish sohasida malakali kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda, jumladan, prognozda 2023-2025 yillarda qurilish-montaj ishlari hajmini hisobga olgan holda qariyb 17,3 ming kishi. Primorsk o‘lkasi qurilish industriyasi korxona va tashkilotlari qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijliklarni (jumladan, KXDR,Xitoy va O‘zbekiston fuqarolarini) jalb qilishdan manfaatdorligini bildiradi”, deydi Blotsskiy.

Uning bildirishicha, muammoni hal qilish doirasida Primorya qurilish vazirligi viloyat Kasbiy ta’lim va bandlik vazirligi, bandlik xizmatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. 2023 yildan beri Primorsk o‘lkasi "Kasbiylik" federal loyihasida ishtirok etmoqda, uning doirasida Ussuriyskdagi Uzoq Sharq texnik kolleji negizida Primorsk o‘lkasi qurilishi bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish markazi yaratilmoqda. Loyiha doirasida kollejda aniq korxonalar uchun ta’lim kasbiy dasturlari yaratiladi, kompaniya vakillari o‘quv jarayoni va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 

Primoryada amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari haqida gapirar ekan, Blotskiy 2022-2023 yillarda mintaqada ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari: sog‘liqni saqlash, maktabgacha va o‘rta ta’lim, sport, madaniyat, aholini muhofaza qilish ob’ektlari qurilishi boshlanganini aytdi.  

“2024 yilda amalga oshirilishi davom ettiriladigan ob’ektlarning umumiy soni 25 tadan oshadi. Shu munosabat bilan asosiy sa’y-harakatlarni ushbu ob’ektlar qurilishini yakunlash va belgilangan muddatda foydalanish uchun topshirishga qaror qilindi”, deydi manba. 

Ma’lumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida 28 ming 207 nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 7,5 foizga ko‘p. E’tiborlisi shundaki, ularning qariyb 72,5 foizi (20 ming 450 nafar) Rossiyaga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati armiya safini Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Ular ko‘pincha zo‘ravonlikka asoslangan reydlar orqali to‘planadi. Harbiy komissiyalarga olib borilgan muhojirlar tahdid va kaltaklardan so‘ng Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

migratsiya mehnat muhojirlari o'zbekistonlik migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing