Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Qozog‘iston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari xabar berdi.

To‘qayevning davlat tashrifi doirasida Dushanbeda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Oqo‘rda xabariga ko‘ra, davlat tashrifi doirasida quyidagi hujjatlar imzolangan:

  1. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va Tojikiston Respublikasi saylov va referendum o‘tkazuvchi markaziy komissiya o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  2. Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va qurilish vazirligi va Tojikiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi o‘rtasida sanoat sohasida hamkorlik memorandumi;
  3. Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi va Tojikiston Respublikasi Energetika va suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida neft va gaz sohasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum;
  4. Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida innovatsion va raqamli rivojlanish, qishloq xo‘jaligi kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  5. Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi va Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar agentligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi;
  6. Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televideniye va radio qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;
  7. Qozog‘iston Respublikasi Sanoat va qurilish vazirligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi o‘rtasida qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum;
  8. Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi o‘rtasida veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  9. Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligi va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Yoshlar ishlari va sport qo‘mitasi o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlik dasturi;
  10. Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligi bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va savdo nazorati agentligi o‘rtasida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum;
  11. Olmaota viloyati hokimligi va Xatlon viloyati davlat hokimiyati ijroiya organi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum;
  12. Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Majburiy ijro xizmati o‘rtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum;
  13. AJ NK Qozog‘iston temir yo‘li va Roxi ohani Tojikiston davlat unitar korxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi;
  14. MAK “Kazatomprom” AJ va “Tojikiston nodir metallar” davlat unitar korxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
  15. “Assembleyasi Jastara” RPO va “Tojikiston yoshlar ittifoqi” nodavlat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2021 yilning 6 dekabrida Nur-Sulton (hozirgi Ostona) shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekkan. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tarixiy hujjat – Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma esa joriy yilning 18 aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Tojikiston Imomali Rahmon Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing