Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda
Olam
−
16 iyul 2024
4837Joriy yilda Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzitini, shuningdek, turkman va o‘zbek gazining Xitoyga tranzitini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi.
“2023 yil oktyabr oyida Rossiya gazining O‘zbekiston Respublikasiga tranziti boshlandi. 2023 yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3,8 milliard kub metrga va keyinchalik yiliga 11 mlrd kubometrga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Satkaliyev hukumat yig‘ilishida.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va O‘zbekiston gazining Xitoyga tranziti “barqaror o‘sish”ni ko‘rsatmoqda.
Satkaliyevning aytishicha, Qozog‘iston joriy yilda tranzitni 37,1 milliard kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.
Asosiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, Xitoyga nisbatan o‘sish +1,5 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazining Qirg‘izistonga tranzitini oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar