Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani qachondan ochishini e’lon qildi
Olam
−
07 aprel 2022
12323Joriy yilning 11 aprelidan Qozog‘iston O‘zbekiston bilan quruqlik chegaralarini ochadi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yerali Tugjanov raisligida Qozog‘istonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashganini hisobga olib, Qozog‘iston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha idoralararo komissiya joriy yilning 11 aprelidan boshlab Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet elliklar tomonidan Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston respublikalari bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida respublika Davlat chegarasini kesib o‘tishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi..
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Davlat chegarasini havo orqali kesib o‘tishdagi barcha cheklovlar olib tashlandi. Chegaradan o‘tishda PZR-test manfiy chiqqani yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Respublika maxsus komissiyasining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida xalqaro yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini hamda avtobus yo‘nalishlarida paritet asosida yo‘lovchi tashish faoliyatini karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda qayta tiklanishi ma’lum qilingan edi.
Biroq Qozog‘istondagi epidemiologik vaziyat tufayli rasmiy Nur-Sulton muntazam poyezd va avtobus qatnovlarini tiklashni kechiktirgandi.
LiveBarchasi