Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani demarkatsiyalash bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qildi
Jamiyat
−
28 mart 2023
5813Bugun, 28 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari saytida ma’lum qilindi.
Qozog‘iston OAVda daryo oqimi o‘zgargani sababli davlatlar o‘rtasidagi chegara 5 kilometrga cho‘zilgani aytilmoqda. Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko ham demarkatsiya paytida chegara chizig‘ida daryo oqimi o‘zgargani aniqlanganini ma’lum qilgan.
“Mamlakatimizni O‘zbekistondan ajralgan deb ayta olmayman, bizni ikkita daryo – Sirdaryo va Keles birlashtirib turadi. Oqim o‘zgarmoqda, allyuvial orollar o‘zgarib bormoqda. Chegara odatda daryoning formatiga ko‘ra chiziladi. Hozirgi chegara 2356 kilometr 666 metr hisoblanadi va u yuqorida aytilgan sababga ko‘ra, 5 kilometr uzunroq bo‘ldi”, degan Roman Vasilenko.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 22 dekabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazilgan, natijada Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi. Joriy yilning 16 mart kuni esa tegishli qonun Qozog‘iston Senati yalpi majlisida ma’qullangandi.
LiveBarchasi