Qozog‘iston o‘lim jazosidan butkul voz kechdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘lim jazosini bekor qiluvchi qonunni imzoladi. Bu haqda bugun, 29 dekabr kuni davlat rahbarining Matbuot xizmati xabar bergan.

“Davlat rahbari Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, 2003 yilda mamlakatda o‘lim jazosiga moratoriy (cheklov) e’lon qilingan edi. 2021 yil boshida Qozog‘iston o‘lim jazosidan butunlay voz kechishni nazarda tutuvchi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning ikkinchi fakultativ protokolini ratifikatsiya qilgan.

Shundan so‘ng, mamlakat parlamenti o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan. Ammo loyihada o‘lim jazosini faqat mamlakatda urush sodir bo‘lgan davrdagina bekor qilinishi qayd etilgan edi. Parlament ma’qullagan qonun loyihasini Prezident To‘qayev tanqid qilib, uni yakuniga yetmaganlikda ayblagan. Natijada 23 dekabr kuni Qozog‘iston parlamenti o‘lim jazosini butunlay bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.

 

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing