Qozog‘iston Ukrainaning yangi elchisini qabul qilishdan bosh tortdi
Olam
−
22 may 2023
19798Qozog‘iston Ukrainaning Lugansk viloyati harbiy ma’muriyatining sobiq boshlig‘i Sergey Gaydayga agreman (shaxsni diplomatik vakolatxona rahbari sifatida qabul qilishga rozilik) berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Zn.ua” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qozoq tomoni “yumshoq, ammo qat’iy tarzda” Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi o‘rnida professional diplomatni ko‘rishni istashini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Ukrainaning Qozog‘istondagi avvalgi elchisi Pyotr Vrublevskiy mahalliy blogerlardan biriga bergan intervyusida ruslar haqida keskin fikr bildirgandan so‘ng, rasmiy Ostonaning noroziligi va Rossiya tomonining elchini mamlakatdan chiqarib yuborish haqidagi qat’iy talabi ortidan Qozog‘istondan chiqarib yuborilgan edi.
Vrublevskiy intervyuda shunday degandi:
“Biz ularni (ruslarni) ko‘proq qirishga harakat qilmoqdamiz. Hozir ruslarni qanchalik ko‘p o‘ldirsak, bolalarimiz shunchalik kam o‘ldirishlari kerak bo‘ladi".
Elchilikka ma’qullanmagan Sergey Gayday 2019 yil 25 oktyabrdan boshlab Ukrainaning Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari bo‘lgan. 2023 yil 15 martda u Zelenskiyning farmoni bilan lavozimidan bo‘shatilgan. Gayday diplomatik ish tajribasiga ega emas.
LiveBarchasi