Rossiya Ukraina elchisi sabab Qozog‘istonga bosim o‘tkazyapti

Olam

image

Ukrainaning rossiyaliklarni o‘ldirishga chaqirgan Qozog‘istondagi elchisi Pyotr Vrublevskiy Ostonaga qaytgach, Qozog‘istonning Moskvadagi elchisi Yermek Kosherbayev Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

“Afsuski, Banderaning bu emissari hech qachon Ostonaga qaytmasligi haqidagi kafolatlar bajarilmadi. Ushbu personaj Qozog‘iston poytaxtida yana paydo bo‘ldi va “shunchaki buyumlarini yig‘ish va oilasini olib ketish” uchun emas. Yashirinmay, u diplomatik missiya rahbari sifatida diplomatik qabullarda qatnashyapti”, deydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Pyotr Vrublevskiy Ukraina imkon qadar ko‘proq rossiyaliklarni o‘ldirishga harakat qilayotgani haqida gapirgan video e’lon qilingan edi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi elchini chaqirib, unga norozilik bildirilgandi. Ayrim ommaviy axborot vositalarida Pyotr Vrublevskiy rasmiylar iltimosiga binoan respublikani tark etgani haqida xabar bergan. Biroq Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov elchi ta’tilda ekanligi, Qozog‘iston uni chiqarib yuborishni talab qilmaganini ma’lum qildi.

Mariya Zaxarova esa Ostona Rossiyaga “Vrublevskiy imkon qadar tezroq Qozog‘istonni qaytib kelmaydigan bo‘lib tark etishini” va’da qilgani haqida bayonot bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

450

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing