Tilga erk berish effekti: Zelenskiy Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisini lavozimidan oldi
Olam
−
19 Oktabr 2022 13747 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Pyotr Vrublevskiyni Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Prezident ma’muriyati saytida e’lon qilingan farmonda aytilgan.
“Vrublevskiy Pyotr Yurevich Ukrainaning Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etilsin”, deyiladi Ukraina davlati rahbarining farmonida.
Sentyabr oyi oxirida Ukrainaning Nur-Sultondagi elchisi Pyotr Vrublevskiy Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, diplomatga rossiyaliklarni o‘ldirishga chaqiriqlar yuzasidan norozilik bildirildi.
Qozog‘iston tomoni bunday bayonotlarning qabul qilinishi mumkin emasligi va xorijiy davlat elchisi faoliyatiga mos kelmasligi yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirdi.
Vrublevskiyning intervyusidan parcha joriy yilning 22 avgust kuni o‘zining Telegram-kanalida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova tomonidan e’lon qilindi. Ushbu videoda Vrublevskiy Ukraina iloji boricha ko‘proq ruslarni o‘ldirmoqchiligini aytadi. Shuningdek, u shunday dedi:
“Biz hozir ruslarni qanchalik ko‘p o‘ldirsak, bizning bolalarimiz ularni shuncha kam o‘ldirishlari kerak bo‘ladi”.
Keyinroq Qozog‘istonning Moskvadagi elchisi Yermek Kosherbayev kecha, 18 oktyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, u yerda 8 sentyabr kuni janjal bilan Kiyevga jo‘nab ketgan Ukrainaning Qozog‘istondagi elchisi Pyotr Vrublevskiy atrofidagi vaziyatning rivojlanishidan noroziligini bildirgan.
Live
Barchasi