Qozog‘iston terma jamoasi ustozi iste’foga chiqarildi

Sport

image

Rossiyalik mutaxassis Stanislav Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan shartnoma bekor qilindi. Cherchesov bilan birga uning butun murabbiylar shtabi ham ishdan bo‘shatildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Qozog‘iston futbol federatsiyasi Stanislav Salamovich va uning xodimlariga qilgan ishlari uchun minnatdorlik bildiradi va unga keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi! Futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomzodi ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi Qozog‘iston futbol federatsiyasi xabarida.

Ma’lumot uchun, Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasi boshqaruvida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etdi. Bungacha u Rossiya terma jamoasi, shuningdek, bir qator Rossiya va xorijiy klublarni boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ham lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Stanislav Cherchesov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing