Qozog‘iston Rossiyadan vertolyot sotib oladi
Olam
−
24 Sentabr
4205Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyadan vertolyot xarid qilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vaziri Chingiz Arinov ma’lum qildi.
“Biz hozir uchta MI-8 AMT va to‘rtta Ka-32 sotib olishni ko‘rib chiqyapmiz... Ular lizing asosida sotib olinadi va bunda xalqaro kompaniyalar ishtirok etmoqda. Menimcha, yaqin vaqt ichida biz bu masala bo‘yicha ham, narx-navo bo‘yicha ham, tegishli barcha masalalar bo‘yicha ham qaror qabul qilamiz”, deydi Arinov.
Shuningdek, vazir mazkur vertolyotlar yetkazib beruvchisi Rossiya ekanini ham ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, hozircha yettita vertolyot sotib olish rejalashtirilgan, qolgan to‘rttasi esa yaqin orada sotib olinadi.
“Yong‘in xavfi bo‘lgan butun yoz davomida katta o‘zgarishlar yuz berdi va biz kamchilik borligini aniq ko‘rdik. Umuman olganda, 20 ta hudud javobgar otryadlar bilan ta’minlanishi kerak”, dedi Arinov.