Qozog‘iston Rossiyadan g‘alla importini taqiqladi

Olam

image

Qozog‘iston Rossiyadan bir qator g‘alla ekinlari, ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek, hayvonlar uchun yem sifatida ishlatiladigan qayta ishlangan mahsulotlar va tayyor yemlarni olib kirishga vaqtinchalik taqiq joriy etdi. Bu haqda Qozog‘iston G‘alla ittifoqi tahlil qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Karabanov Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoat majmuasidagi davlat inspeksiyasi qo‘mitasi qaroriga tayanib, o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston temir yo‘llari ham Rossiya g‘allasi ortilgan vagonlarni orqaga qaytaradi. Taqiq Rossiyadagi epizootik (hayvonlar o‘rtasidagi yuqumli kasalliklar) vaziyat yomonlashgani fonida veterinariya xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlangan.

“Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrosanoat majmuasidagi davlat inspeksiyasi qo‘mitasi 2026 yil 21 martdagi hujjat bilan Rossiya Federatsiyasidan bir qator g‘alla ekinlari, ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek, hayvonlar uchun yem tarkibiy qismlari va tayyor yemlarni olib kirishga taqiq joriy etdi”, deydi Yevgeniy Karabanov.

Cheklovlar quyidagi mahsulotlarga taalluqli: bug‘doy (barcha turlari), javdar, arpa, suli, makkajo‘xori, soya dukkaklari (urug‘likdan tashqari hammasi), kepak, kraxmal ishlab chiqarish chiqindilari, lavlagi jomi, bug‘doy bardasi, pivochilik drobinasi (chiqindisi), kunjara va shrot, hayvonlar uchun yem ishlab chiqarishda ishlatiladigan boshqa o‘simlik materiallari va ularning aralashmalari, tayyor hayvon yemlari.

Bungacha Rossiyada chorva mollarining ommaviy so‘yilishi fonida Qozog‘iston Rossiyadan hayvonlar va go‘sht mahsulotlarini olib kirish hamda tranzit qilishga cheklovlar kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston g'alla importi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing