Qozog‘iston prezidentligiga Toqayev nomzodi ko‘rsatildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev “Nur Otan” partiyasi nomidan bo‘lajak navbatdan tashqari prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda tengrinews.kz nashri ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumot uchun “Nur Otan” partiyasi yetakchisi sobiq prezident Nursulton Nazarboyev hisoblanadi. Bugun, 23 aprel kuni “Elboshi” Nazarboyev partiya s’ezdida sobiq senat spikeri, ayni damda mamlakat Prezidenti bo‘lmish Qosim-Jomart Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi. Nur-Sultonda bo‘lib o‘tayotgan partiya s’ezdi ishtirokchilari ham uning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Bu Nursulton Nazarboyevning o‘zidan vakolatlarni soqit qilganidan keyingi birinchi s’ezddir. Nazarboyev o‘tgan oyda mamlakatni salkam 30 yil boshqarganidan so‘ng iste’foga chiqdi, biroq u “Nur Otan” partiyasi rahbari bo‘lib qolaverdi. U s’ezdda ishtirok etmoqda, unga tadbir ochilganidan so‘ng birinchi so‘z berildi. “Insonlarga yo‘limiz barqarorligi, ertangi kunimizga ishonch kerak”, – dedi Nazarboyev. U partiya nomidan Qosim-Jomart Toqayevni nomzod sifatida ko‘rsatishi borasida bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing