Qozog‘iston Pavel Durovning TON valyutasini rasman qonuniylashtirdi

Olam

image

Ostona moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qo‘mitasi Toncoin kriptovalyutasini AFSA litsenziyasiga ega platformalarda savdo qilish uchun tasdiqladi. Bu haqda “Durov Code”, nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AFSA Toncoin’ning o‘rnatilgan tartibga solish standartlarini o‘rganib chiqqan. Keng qamrovli tekshiruvlardan so‘ng uning ushbu talablarga mos kelishini aniqlangan va qabul qilingan.

Nashrga ko‘ra, investorlar endilikda Toncoin’ni AFSA litsenziyalangan platformalarida, me’yoriy-huquqiy baza va himoyalardan foydalangan holda oldi-sotdi qilishlari mumkin. Shuningdek Ton’ning qo‘llab-quvvatlanishi AFSA'ga yangi investorlarni jalb qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov O‘zbekistonga kelgandi va Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Otabek Umarov bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Pavel Durov TON

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing