Qozog‘iston Nazarboyevning qonidan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlamoqchi?

Olam

image

Internetda yaqindagina koronavirusdan sog‘aygan Elboshi, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning qonidan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlanayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ushbu ma’lumotni rad etdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Nursulton Nazarboyevning qonidan koronavirus infeksiyasi uchun vaksinani ishlab chiqish to‘g‘risida internetda tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Vakolatli organlarga ushbu materialni Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun tegishli ekspertizadan o‘tkazish va keyinchalik tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rish topshirildi", deyiladi xabarda.

Vazirlik qonunga binoan bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun respublika fuqarolari javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Qozog‘iston birinchi Prezidentining Matbuot xizmati uning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija berganini ma’lum qildi. Shu sababli Nazarboyev o‘zini o‘zi izolyatsiyaga oldi va masofadan turib ishlashda davom etdi. 

2 iyul kuni Elboshining matbuot kotibi Aydos Ukibay o‘zining Twitter’dagi sahifasida Nazarboyev tomonidan koronavirus uchun topshirilgan ikkinchi test salbiy bo‘lganligini yozdi. 

3 iyul kuni Nazarboyev respublika xalqiga murojaatida koronavirus bilan kasallanganidan keyin tuzalib ketganini, o‘zini yaxshi his qilayotganini va to‘la ishlay boshlaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing