Qozog‘iston Kurskdagi vaziyatga munosabat bildirdi
Olam
−
14 avgust
15625Qozog‘iston davlatlar o‘rtasidagi barcha nizolarni faqat tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov bayonot berdi.
Uning aytishicha, Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligini kafolatlovchi BMT Nizomiga rioya qilish muhimligini doimo ta’kidlaydi.
“Haqiqatan ham, bugun butun dunyo Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatining ayrim hududlaridagi vaziyatni katta tashvish bilan kuzatmoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyilini aniq belgilab beruvchi BMT Nizomiga barcha davlatlar rioya etishi zarurligini doimo ta’kidlab keladi. Biz davlatlar o‘rtasidagi barcha nizolarni siyosiy va diplomatik vositalardan keng foydalangan holda faqat tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorimiz”, deydi u.
Aybek Smadiyarov xalqaro hamjamiyatning konstruktiv yechimlarni topishga qaratilgan sa’y-harakatlarini Qozog‘iston ham olqishlashini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi joriy yilning 6 avgust kuni boshlangan edi. Korenevskiy, Sudja va Belovskiy tumanlarida janglar ketmoqda. Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 2024 yilning 12 avgust kuni ukrainaliklarning o‘z viloyatidagi 28 ta aholi punktidagi nazoratini tan oldi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi