Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi yana bir “qadam tashladi”. Amaldorlarga yangi taqiq joriy qilindi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda korrupsiya jinoyati bilan qamalganlar endilikda shartli-muddatidan oldin ozod qilinmaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev imzolagan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunda belgilandi.

Bundan tashqari, amaldorlarga xorijiy banklarda hisob ochish va unda pul hamda qimmatliklarni saqlash taqiqlandi.

Qonun Prezident ko‘rsatmasi bilan tayyorlangan. Og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsioner jinoyatchilarga shartli muddatdan oldin ozod qilish qo‘llanmaydi.

Xorijda hisob ochish taqiq mansabdor shaxslar, mas’ul davlat lavozimidagi shaxslarga taalluqli. Bu taqiq deputat va sudyalarga ham amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston korruptsiya

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing