Qozog‘iston koronavirus vaksinasining klinik sinovini boshladi
Olam
−
17 Sentabr 2020
5575Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi ma’lum qildi.
“Fan qo‘mitasining biologik xavfsizlik masalalari ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlandi”, deyiladi xabarda.
Vaksina sinovining birinchi va ikkinchi bosqichida faqatgina kolontyorlar emalanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bungu ruxsat bergan.
“Faqatgina 244 kishi ko‘ngilli bo‘lishi mumkinligiga qaramasdan ilmiy-tadqiqot institutiga qisqa vaqtda ko‘plab ko‘plab xohlovchilar ariza topshirgan. Biz e’lon berilganidan bir necha kun o‘tib, qabulni to‘xtatishga majbur bo‘ldik”, degan Ta’lim va fan vaziri Miras Daulenov.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 26 iyul kuni QazCovid-in vaksinasini dastlab 7 keyin, yana 20 nafar olim qabul qilgan. Ularda o‘suvchi vaksina shakllangan. Tahlil natijalari vaksinaning xavfsizligi va yuqori immunitet xosil qilishini ko‘rsatgan. Hozir emlangan barcha xodimlar o‘zini yaxshi his qilyapti va ishini davom ettiryapti.
JSST 15 may kuni Qozog‘istonda tayyorlangan koronavirusga qarshi vaksinani nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritgan. 29 avgustda esa mazkur vaksina klinik sinovlarga ruxsat berilgan vaksinalar qatoridan o‘rin olgan.
LiveBarchasi