Qozog‘iston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtiradi

Olam

image

Qozog‘iston koronavirus va pnevmoniya statistikasini birlashtirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri aleksey Soy ma’lum qildi.

“Koronavirus holatlarini hisobga olish bo‘yicha umumiy qabul qilingan statistikadan tashqari pnevmoniyani ham inobatga olish kerak. Ma’lumotlarning maksimal shaffofligini ta’minlash maqsadida statistik ma’lumotlarni yuritishda yangicha yondashuv yo‘lga qo‘yiladi. Endilikda laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19 holatlari PZR-testda infeksiya aniqlanmagan ammon koronavirus alomatlari bo‘lgan pnevmoniya bilan birgalikda hisoblanadi”, dedi Aleksey Soy.

Koronavirus va pnevmoniya statistikasini qo‘shib hisoblash 1 avgustdan boshlanadi. 

Shu vaqtgacha Qozog‘istonda faqatgina laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19 holatlari statistikaga kiritilayotgandi. Ammo mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev pandemiya ma’lumotlarini yashirmaslikka chaqirdi.

“Pandemiyaga bog‘liq barcha ma’lumotlarni, u qanchalik achchiq bo‘lmasin, jamoatchilik bilishi kerak. Shaffoflik va o‘zaro ishonch qancha yuqori bo‘lsa, ushbu kulfatni shunchalik tezroq yengamiz”, dedi To‘qayev Twitter’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 66 895 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 40 256 nafari sog‘aygan va 375 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing