Qozog‘iston Koreyaga fuqarolarini nazorat qilish uchun politsiya attashesini yubordi

Olam

image
Rossiyada migrantlar ishlay olmaydigan sohalar ikki baravarga oshirildi north_east

Rossiyada migrantlar ishlay olmaydigan sohalar ikki baravarga oshirildi

Qozog‘iston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi Qozog‘iston fuqarolarining bo‘lishini nazorat qilish uchun politsiya xodimini tayinladi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga tayanib, “Kazinform” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining birinchi o‘rinbosari Asqarbek Ertayev Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazgan.

Muhokamaning asosiy mavzusi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va Qozog‘iston fuqarolarining Koreya Respublikasi hududida qonuniy bo‘lishini ta’minlash masalalari bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yaqin vaqt ichida Qozog‘iston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi huzurida Qozog‘iston fuqarolarining bo‘lishini nazorat qiluvchi, jumladan, noqonuniy migratsiya va noqonuniy mehnat faoliyati holatlarini aniqlash bo‘yicha politsiya attashesi tayinlanishi haqida qaror qabul qilingan.

Aniqlangan barcha qonunbuzarliklar zudlik bilan qayd etiladi va keyinchalik ko‘rib chiqish uchun Qozog‘iston Respublikasi va Koreya Respublikasining vakolatli organlariga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston migrantlar Asqarbek Ertaev Koreyadagi qozog'istonliklar politsiya attashesi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing