Qozog‘iston Xitoydan superkompyuter oladi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Murat Nurtleuov davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi tafsilotlarini aytib berdi, deya xabar beradi Nur.kz.

Nurtleuovning so‘zlariga ko‘ra, tashrifning ahamiyati Qozog‘iston-Xitoy har tomonlama strategik sherikligini yanada mustahkamlashning yangi usullarini izlash zarurati bilan bog‘liq.

“Davlat tashrifi dasturi juda to‘yingan. Muzokaralar Xitoy rahbari Si Szinpin bilan rejalashtirilgan. Ularning natijalariga ko‘ra yangi bosqichda keng qamrovli strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolanishi rejalashtirilmoqda, bu ikki tomonlama kun tartibini va ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini yangilashni anglatadi”, dedi Nurtleuov.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining yordamchisining ma’lumotlariga ko‘ra, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan va Butunxitoy Xalq vakillari assambleyasi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Zanshu bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Bundan tashqari Toqayev Qozoq-Xitoy ishbilarmonlar kengashining oltinchi yig‘ilishida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Dastur shuningdek, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasida ma’ruzani o‘z ichiga oladi.

Tashrif davomida davlat rahbarining ish jadvalidagi muhim nuqta Chjetszyan provinsiyasining Xanchjou shahri bo‘ladi. Xususan, prezident Alibaba Group direktorlar kengashi raisi Jek Ma bilan uchrashishi va Hikvision kompaniyasiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, tashrif davomida katta ma’lumotlarni qayta ishlash uchun superkompyuterni Qozog‘iston tomoniga topshirish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligini eksport qilish, favqulodda vaziyatlarda hamkorlik, IT-texnologiyalar, elektron tijorat va ikki tomonlama tijorat shartnomalari kabi o‘nga yaqin hujjatlar imzolanadi.

“Umuman olganda, davlat rahbarining Xitoyga bo‘lajak tashrifi Qozog‘istonning uzoq muddatli strategik manfaatlariga javob beradi. Bizning tashqi siyosatimiz xalqqa amaliy foyda keltirishi, yangi o‘sish va ish o‘rinlari yaratilishiga hissa qo‘shishi, qozog‘istonliklar farovonligini oshirishga hissa qo‘shishi kerak: bu davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning prinsipial pozitsiyasidir” deya ta’kidladi Nurtleuov.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Xitoy

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing