Qozog‘iston karantinni bosqichma-bosqich bekor qilishni boshladi

Olam

image

Qozog‘iston rasmiylari, agar sanitariya-epidemiologiya xavfsizlik saqlanib qolsa, COVID-19 koronavirusining tarqalishi sababli kiritilgan cheklov choralarini bosqichma-bosqich olib tashlash niyatida. Bu haqda Respublika bosh vaziri Asqar Mamin xabar bergan.

Hukumat rahbari 20 apreldan boshlab Nur-Sulton va Olma-Otada karantin rejimi yumshaganini aytdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaharlarda sanoat korxonalari faoliyati, qurilish sohasidagi tashkilotlar ishi, shuningdek, xizmatlarning ayrim turlari qayta tiklandi.

“Biz boshqa korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlariga ishlashga imkon beradigan karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishda davom etamiz”, dedi Mamin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday ishlar “Respublikaning boshqa mintaqalarida” ham olib boriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga 1 852 nafar odam chalindi. 447 bemor shifo topgan bo‘lsa, 19 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qozog'istonda

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing