Qozog‘iston Bosh vaziri “Markaziy Osiyo – YeI” kengashini tuzishni taklif qildi

Olam

image

Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin davlat organlari rahbarlari va biznes vakillari ishtirok etadigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” biznes kengashini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri matbuot xizmati Maminning Bishkekda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” birinchi iqtisodiy forumidagi nutqi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.  

“Bosh vazir “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” biznes kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi, unda ikki mintaqaning iqtisodiy bloklari vazirlari, biznes rahbarlari, shuningdek moliya institutlari, savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etadi”, deyilgan xabarda. 

Markaziy Osiyoga Yevropa sarmoyalarini jalb qilish va tuzilmasini yaratish uchun Mamin “Ostona” xalqaro moliya markazi maydonini taklif qilgan, u yerda hozirga qadar YeIning 70 ga yaqin kompaniyasi qulay soliq, viza va mehnat rejimida ishlaydi. 

“Markaziy Osiyo Respublikalari va Yevropa Ittifoqi davlatlarining barqaror rivojlanish modellariga o‘tishini ta’minlash maqsadida Qozog‘iston Bosh vaziri Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi uchun “Yashil iqtisodiyot konsepsiyasini” birgalikda ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi”, deyilgan xabarda. 

Qozog‘iston hukumati rahbari mamlakatlarning pandemiyadan keyingi rivojlanish kun tartibiga o‘tishini hisobga olgan holda Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo formatida qo‘shma ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan. U mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning yangi zanjirlarini shakllantirish uchun Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari ishlab chiqarish fondlarini integratsiyalashuvi muhimligini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Asqar Mamin Markaziy Osiyo EI

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing