Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 sentyabrdan e’tiboran Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Transport vazirligi Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyati bilan xalqaro muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tiklash bo‘yicha olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalariga sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Olmaota–Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishgan. 

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi. Bugundan e’tiboran “Uzbekistan Airways” va  “Air Astana” aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshlagan. 

“Air Astana” aviakompaniyasining Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirigan samolyot bugun soat 12:40 da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida "Uzbekistan Airways" AJ 5 ta mamlakat bilan muntazam xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklayotgani haqida xabar qildi. Unga ko‘ra, 4 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni muntazam ravishda qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Toshkent-Dubay-Toshkent - haftada bir marta 4 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Frankfurt-Toshkent - haftada bir marta 10 sentyabrdan payshanba kunlari; 

Toshkent-Olmaota-Toshkent - haftada bir marta 11 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Bishkek-Toshkent - haftada bir marta 14 sentyabrdan dushanba kunlari; 

Toshkent-Istanbul-Toshkent - 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentyabr.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qozog'iston Air Astana

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing