Qozog‘iston aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yo‘lovchiga yutqazdi
Olam
−
13 yanvar 2025 11404 2 daqiqa
Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi sudda urallik 12 yoshli yo‘lovchi Zera Galiyevaga yutqazdi. Bu haqda "Stan.kz" xabar berdi.
2024 yilning 20 iyul kuni o‘n ikki yoshli egizak qizlar Zera va Zaura Galiyevalar Ostona orqali transfer bilan AQSHdan Uralskga qaytayotgan bo‘lgan. Biroq hatto parvozga ro‘yxatdan o‘tish paytida ham FlyArystan aviakompaniyasi (Air Astana korxonasi) xodimlari opa-singillardan faqat bittasini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Natijada Zera bortga chiqish talonidan mahrum bo‘lgan. Muammoni hal qilishga va’da bergan FlyArystan xodimlari bolani Ostona aeroportida qoldirib ketgan va samolyot Uralskka uchib ketgan.
O‘n ikki yoshli Zera Galiyeva faqat ertasi kuni kattalar hamrohligisiz uchib keta olgan.
Murojaatni ko‘rib chiqish chog‘ida Air Astana vakillari o‘z kamchiliklarini tan olgan va qizning onasiga ma’naviy tovon pulini beshdan 1,5 million tengegacha kamaytirishni so‘ragan.
Sud aviakompaniyaning bu iltimosini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Air Astana” kompaniyasiga tegishli “Toshkent-Olmaota” yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgani hamda hodisa oqibatida yetti nafar yo‘lovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi. Samolyot Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 14:35 da havoga ko‘tarilgan. Airbus A321 havo kemasi bortida 135 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi (shundan 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi) jabrlangan.
Live
Barchasi