Qozog‘iston bayrog‘i dunyodagi eng yaxshi davlat bayrog‘i deb topildi
Olam
−
16 mart 16226 1 daqiqa
Reddit foydalanuvchilari o‘tkazgan “Dunyo bayroqlari turniri” (“Flags of the World Tournament”) onlayn musobaqasi yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli davlat bayrog‘i deb e’tirof etildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
Turnir davomida platforma foydalanuvchilari eng go‘zal davlat bayrog‘ini tanlash uchun ovoz bergan. Final bosqichida Qozog‘iston bayrog‘i Kiribati bayrog‘ini ortda qoldirib birinchi o‘ringa chiqqan. Butan bayrog‘i esa uchinchi o‘rinni egallagan.
“Qozog‘iston g‘olib bo‘ldi! Sizlar ovoz berib, bu bayroqni eng yaxshisi deb tanladingiz”, deya izoh bergan musobaqa tashkilotchilari.
Ta’kidlanishicha, turnir “pley-off” tizimida o‘tkazilgan. Unda foydalanuvchilar turli davlat bayroqlarini bir-biri bilan taqqoslab, har bir bosqichda g‘olibni ovoz orqali aniqlab borgan. Ovoz berishda dunyoning ko‘plab davlat bayroqlari ishtirok etgan.
Shuningdek, turnirning kuchli ishtirokchilari qatoriga Seyshel orollari, Buyuk Britaniya, Braziliya, Shri-Lanka, Yamayka va Papua – Yangi Gvineya bayroqlari ham kirib, ular final bosqichlariga qadar yetib borgan.
Live
Barchasi