Qozog‘iston aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi
Jamiyat
−
06 Oktabr 2020
5702Qozog‘istonning “SCAT” aviakompaniyasi Aktau–Urganch–Aktau yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
2020 yil 1 avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan “Ochiq osmon” rejimi asosida “O‘zaviatsiya” agentligi “SCAT” aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda Aqtau–Urganch–Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.
Avvalroq, Xorazmdan Qozog‘istonga qo‘shimcha parvoz yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Mang‘istau va Xorazm viloyati hokimligi vakillari hamda ikki mamlakat aviakompaniyalari shu masalani muhokama qilgandi.
Ma’lumot uchun, BAAning “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.
LiveBarchasi