Qozog‘iston al-Aqso masjidiga hujum bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qildi

Olam

image

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov Isroil politsiyasining al-Aqso masjidida falastinliklarga qarshi hujumi bo‘yicha respublikaning pozitsiyasini ma’lum qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

“Qozog‘iston Yaqin Sharqda muborak Al-Aqso masjidiga qilingan hujumlar munosabati bilan keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda. Biz hozirgi vaziyatda sog‘lom fikr g‘alaba qozonishiga va barcha manfaatdor tomonlar vazminlik ko‘rsatishiga, zo‘ravonlik va vaziyatni yanada yomonlashishiga olib keladigan qadamlardan harakatlardan saqlanishga umid bildiramiz”, degan Smadiyarov vazirlikda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur vaziyatda status-kvoga amal qilish zarur.

“Umid qilamizki, siyosiy, diniy va jamoat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi va Fisih bayramida keskinlikni kamaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Qozog‘iston har doim bag‘rikenglik va dinlararo muloqotni mustahkamlash tarafdori va xalqaro hamjamiyatning BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga muvofiq Yaqin Sharq muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Qozog‘iston TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, u yerdagi falastinliklarga shovqinli granatalar, zaharli gaz, rezina o‘qlar va boshqa vositalar yordamida hujum qilgandi. Shundan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turkiya, AQSH, Kanada hamda boshqa bir qancha davlat va tashkilotlar Isroil kuchlarining mazkur harakatidan hayrat va xavotir bildirdi. 7 aprel kuni esa Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an eronlik mavqedoshi Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqot qilib, Islom dunyosi Isroilning Falastindagi hujumlariga qarshi bir bo‘lishi kerakligini aytgandi. Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati ham masjidga bostirib kirgan Isroil xavfsizlik kuchlarini tanqid qilgan, muqaddas joylarga qilingan hujumlar xalqaro qonunlarga zid ekanini ta’kidlab, ushbu harakatni insoniyatga qarshi jinoyat deb baholagandi, shuningdek, “Tolibon”  Islom davlatlarini falastinliklarni birgalikda himoya qilishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Falastin Isroil al-Aqso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing