Qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar tufayli sodir etilgan 

Jamiyat

image

2023 yilda sodir etilgan qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar oqibatida sodir etilgan. Bu haqda Senatdagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2023 yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan. 

Bunga sabab sifatida oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolgani ko‘rsatilgan.

Xususan, 2024 yil 17 yanvar kuni Samarqand viloyatida yashovchi, 2014 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi, ruhiy kasal, 49 yoshli fuqaro uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan 2019 yildan buyon ruhiy kasalliklar kasalxonasida ro‘yxatda turuvchi 26 yoshli o‘g‘lini boshiga bolta bilan urib o‘ldirib qo‘ygan.

“Aynan shu kabi holatlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida yuz berayotgan jinoyatlarni kamaytirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas aniq choralarni belgilash lozimligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, yoshlarning muammolarini bartaraf etishga lozim darajada e’tibor qaratilmagani oqibatida 2023 yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar 2022 yilga nisbatan 5,3 foizga ortgan.

Bundan tashqari, 12 mingga yaqin ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilgani, joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari samarali hal etilmayotganini ko‘rsatdi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing