Qorako‘lda yana bitta ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
Jamiyat
−
13 iyul 2019
4177Joriy yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida sma’lum qilindi.
Qarorga muvofiq, mazkur maktab-internatga o‘quvchilar 5-sinfdan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab qabul qilinadi.
Maktab-internatning asosiy vazifasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hisoblanadi.
Maktab-internat Qorako‘l tumanidagi Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining bo‘sh bino va inshootlariga joylashtiriladi.
LiveBarchasi