Qoraqalpog‘istonda masjidlar soni 63 taga yetdi
Jamiyat
−
30 aprel 2022 6126 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi “Salmen iyshan” jome’ masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shu tariqa Qoraqalpog‘istondagi masjidlar soni 63 taga yetdi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Mazkur masjid Nukus shahri “Qum ovul” MFYda joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 namozxonni qabul qilish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mamlakatda 2330 ta diniy tashkilot faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, ularning 2110 dan ziyodini masjidlar tashkil qiladi.
Live
Barchasi