Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun alohida qabul kvotalari joriy etiladi
Jamiyat
−
26 avgust 2022
10213Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 7 mingga yaqin alohida kvota ajratiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida respublika parlamenti raisi nomzodining taklifidan kelib chiqib, shunday ko‘rsatma berdi.
Prezident mutasaddilarga:
• Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;
• bo‘sh turgan davlat ob’ektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar va IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’ektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;
• Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;
• faqat Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;
• Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.
Ma’lumot uchun, Prezident mazku yig‘ilishda qoraqalpoq tadbirkorlari uchun foyda solig‘ini 15 foizdan 7,5 foizga kamaytirishga ham ko‘rsatma berdi.