Qoraqalpog‘istonlik ayol farzandlarini sotib yubordi
Jamiyat
−
04 aprel 2023
11521Qoraqalpog‘istonlik ayol Qozog‘istonda farzandlarini sotib yubordi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, ayol respublikaning O‘ral shahrida bola savdosida gumonlanib ushlangan.
2018 yilda u yangi tug‘ilgan chaqaloqni Atirau viloyatilik er-xotinga bergan. 2022 yil dekabr oyida esa u 3 yoshli qizini o‘rallik juftlikka 1 mln tengega (taqriban 2205 AQSH dollari) evaziga sotib yuborgan.
“Holat yuzasidan unga nisbatan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135- (voyaga yetmaganlar savdosi) moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.