Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun OTMlarda qo‘shimcha grant ajratildi
Jamiyat
−
04 iyul 2023
5094Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023-2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 iyuldagi PF-107-sonli Farmoni bilan belgilandi.
Aytilishicha, bunda soha va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2023 yil 20 iyulgacha taqdim etilishi kerak.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida davlat OTMlariga jami 206 ming 857 nafar abituriyent o‘qishga qabul qilinadi. Shundan 43 ming 783 nafari grant, 163 ming 74 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi. Bakalavriatga (kunduzgi) o‘tgan yilgiga nisbatan grantlar soni 10 foizga, kontrakt 1 foizga oshirilgan.
LiveBarchasi