Qoraqalpog‘istonga zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 iyul 2817 1 daqiqa
Qozog‘istondan Qoraqalpog‘iston hududiga kirib kelgan fuqaroning qo‘l sumkasidan 17 dona oltindan yasalgan zargarlik buyumlari topildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Qoraqalpog‘iston” temiryo‘l chegara bojxona postiga 652-sonli “Beyneu–Nukus” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining 9-vagonida Qozog‘istondan kirib kelgan fuqaroning qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Natijada yo‘lovchi bojxona xodimining og‘zaki so‘rovda aytmagan, bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmagan, yashirin tarzda olib o‘tishga uringan 6 turdagi 17 dona jami og‘irligi 79,50 gramm bo‘lgan oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini hech qanday hujjatlarsiz olib kelayotgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun, temiryo‘l orqali harakatlanganda fuqarolar ekvivalenti 500 dollar qiymatidagi tovarlarni O‘zbekiston hududiga bojsiz olib kirishi mumkin. Qiymati undan ortgan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlari undirilishi nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 1 mlrd so‘mlik taqinchoqlarni yashirincha olib o‘tishga uringanlar to‘xtatilgandi.
Live
Barchasi