Qoraqalpog‘istonga 150-200 mln dollar xorijiy mablag‘ yo‘naltiriladi
Jamiyat
−
15 avgust 2025 4314 1 daqiqa
2025-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Bu haqda kecha, 14 avgut kuni qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi.
Quyidagilar 2025–2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilangan:
- yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga yetkazish;
- sanoat ishlab chiqarishi hajmini 5–6 foizga yetkazish;
- bozor xizmatlari hajmini 15–17 foizga yetkazish.
Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya 5 yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi.
Dasturni moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) bo‘yicha 150–200 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy mablag‘lar jalb qilinadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust