Qoraqalpog‘istondagi “zapravka” 2,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi
3-sahifa
−
24 yanvar
2204Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qorao‘zak tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.M.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tashkilotning avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan. Ular jami 1,1 million kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,2 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi. Issiqxona egasi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz, yashirin yo‘llar bilan rezina shlang orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan nolegal tarzda foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi