Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, mashinalarini to‘qnashtirgan haydovchilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi (video)
3-sahifa
−
13 iyun
7960Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida o‘tkazilgan to‘yda haydovchilar yo‘l talashib, atayin bir nechta mashinalarni to‘qnashtirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, kecha, 12 iyun kuni Kegeyli tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan A.N.ning nikoh to‘yi o‘tkazilgan. Kuyov Nukus shahrida joylashgan to‘yxonadan Mercedes mashinasida to‘y sayliga chiqqan. To‘y kortejida jami 9 ta mashina Nukus shahridan Kegeyli tumaniga qarab harakatlangan.
Fuqaro A.N. to‘y sayli boshlanishidan oldin kim u o‘tirgan mashina orqasidan birinchi bo‘lib yetib borsa, o‘sha haydovchiga 200 AQSH dollar berishini va’da qilgan. To‘y saylida qatnashgan mashinalar haydovchilari kortej Kegeyli tumaniga yetib kelgach, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, tumanning Nurli quyosh ko‘chasida kuyov o‘tirgan Mercedes ortidan yo‘l talashib, bir-biri bilan to‘qnashgan.
Holat bo‘yicha olib borilgan surishtiruv ishlari davomida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan. To‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Hozirda haydovchilarga nisbatan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi