Qoraqalpog‘istondagi to‘yda yo‘l talashib, mashinalarini to‘qnashtirgan haydovchilar qamaldi
3-sahifa
−
14 iyun
4825Avvalroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida o‘tkazilgan to‘yda haydovchilar yo‘l talashib, atayin bir nechta mashinalarni to‘qnashtirgani xabar qilingandi. Bunday qonunbuzarlikni sodir qilgan 13 nafar shaxsning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Kecha, 13 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahri sudi 13 nafar ishtirokchiga taalluqli ma’muriy ishni ko‘rib chiqqan. Ular "axloq-odob me’yorlarini mensimaslik, jamoat tartibini buzganlikda" ayblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) ko‘ra, 15 sutkaga qamaldi. Jazolanganlar orasida kuyov ham bor.
To‘y saylida ishtirok etgan 9 ta mashina esa jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchilarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
LiveBarchasi