Qoraqalpog‘istondagi soliq inspeksiyasida gaz portladi. Qurbon bor
3-sahifa
−
27 yanvar 2023 9432 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi davlat soliq inspeksiyasi binosida gaz portlashi oqibatida bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 25 yanvar kuni Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada chaqnash hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda bir fuqaro olgan tan jarohati tufayli hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan. Shuningdek, ikki kishi yaralanib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatidagi akademik litsey qozonxonasida portlash sodir bo‘lishi oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgandi.
Live
BarchasiUkraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Abu-Dabida 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi – Kreml
17:12
Toshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26