Qoraqalpog‘istonda YTH: tunda videoselektordan qaytayotgan uch nafar mayor halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi tungi vaqtda majlisdan qaytayotib, yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 26 noyabr kuni soat 00:10 larda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Buyneu” avtomobil yo‘lining 708-kilometrida jazoni ijro etish xizmati xodimi I.I. xizmat joyidan yashash xonadoniga qaytayotgan vaqtda o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomashinasini boshqarayotib, qarama-qarshi tomonlarni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Hodisa oqibatida transport vositasida bo‘lgan JIEM xodimlari M.X. hamda X.X. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida, I.I. esa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq Navoiy viloyatida "Xalq banki" filiali rahbariyati YTHga uchrab halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

736

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing