Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxs protsessual tartibda ushlandi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda Yo‘l-patrul xizmati xodimiga qo‘l ko‘targan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 21 may kuni YPX inspektori To‘rtko‘l tumani Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida xizmat olib borayotganida o‘sha yo‘lda harakatlanib kelayotgan Matiz rusumli avtomobilni shubhali bo‘lgani uchun to‘xtatib, haydovchisidan hujjatlarini so‘ragan.

"Haydovchi “Sen nimaga mening oldimga chiqasan” deb, uni qo‘llari bilan urib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazgan", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va 277-moddasining (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit BYD avtomobilida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Qoraqalpog'iston To'rtko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing