Qoraqalpog‘istonda yana portlash sodir bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 31 yanvar kuni soat 07:55 da Nukus tumani “Okterak” mahallasida joylashgan 2 qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Portlash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda chaqnashning sababi va zarar miqdori aniqlanayotgani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan gazdan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi”, deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Nukus shahrida joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Voqea oqibatida uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qoraqalpog'iston Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing