Nukusdagi 4 qavatli uyda chaqnash sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

−

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Temir jol” mahallasida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqullodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, chaqnash bugun, 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Nukus shahrida joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashidan kelib chiqqan.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari hamda FVV davlat tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.

“Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing