Qoraqalpog‘istonda tuya botqoqqa botib qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 17 iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tuya botqoqqa botib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 17:40 da vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasiga Nukus shahrining “Yangi zamon” MFY hududida joylashgan temiryo‘l yaqinida tuya botqoqlikka botib qolgani bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan hamda tuya botqoqlikdan olib chiqilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonidagi yo‘lning xandaq qismiga Spark avtomobili ag‘darilib ketgani hamda u xodimlar tomonidan chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston botqoq tuya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing