Qoraqalpog‘istonda poyezd odamni bosib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda poyezd temiryo‘l relsida odamni bosib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Transport prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 24 mart kuni soat 16:00 larda yuz bergan. “Qo‘ng‘irot-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Ellikqala-To‘rtko‘l” bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtida 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro X.Sh.ni bosib ketgan va u voqea joyida vafot etgan. Bunga fuqaroning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.

“Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Transport prokuraturasi bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing